...

Telefonda tema tuzish
Assalomu alaykum hurmatli do’stlar bugun sizlar bilan Nokia telefonlari yordamida Nokia telefoni qo’llaydigan .nth tema tuzishni o’rganamiz.
Kerakli qurulmalar:
1.Nokia telefoni (63 00)
2.X-plore.jar

Demak boshladik. Bizga kerakli dasturni X-ploreni pastdan yuklab oling.
X-Plore.jar
Biz hozir mana bu tema orqali ko’rsatib o’tamiz.Tog'lar.nthO'rganish oson bo'lishi uchun Ushbu temani yuklab oling.
Demak boshladik. Nokia telefonimizga X-Plore.jar ni yuklab olamiz. Va shu X-Plore ga kiramiz. Keyin dastur orqali Tog’lar.nth ni topamiz va shu Tog'lar.nth ga kiramiz. X-Plore dan temani ichiga kirgandan so’ng. Menu=>hammasini tanlash ga bosamiz.Keyin 1 raqamini bosib kopiya olamiz.1 raqamini bosganda kopiya olinib dastur temadan chiqib ketadi. Endi biz dasturdan chiqmasdan yana Menu=> Papka tuzishga bosib hohlagan nom bilan papka yaratamiz.Misol uchun Tema degan papka yaratamiz. Va shu Tema papkaga kiramiz.Keyin 3 raqamini bosib boya kopiya olgan temamizni sochib olamiz.(Sochayotganda 100 martagacha Да tugmasini bosishimiz mumkin. Bu temamizning kattaligiga bog’liq. )
Demak temaizni ham sochib oldik endi biz Tema papkasiga kiramiz. U temani o’zgartirib boshqacha tema yaratamiz.Ya’ni temamizni rasmlarini o’zimizning rasmlar bilan almashtiramiz. Almashtirish quyidagicha bo’ladi. Tema papkasidagi w5.jpg nomini biror joyga harfma harf qilib aniq yozib oling keyin w5.jpg ni o’chirib tashlang.Keyin esa o’zimizning telefon papkalaridan biror rasmni w5.jpg holatga keltiramiz va uni Boya ochgan tema papkasiga tashlaymiz. Qolgan rasmlarni va musiqalarni ham shu taqlid o’zgartirib olamiz. Hammasini o’zgartirib bo’lgandan keyin Shu Tema papkasiga kiramiz Menu=hammasini tanlash=Menu=Fayllarni jamlash (nth) ga bosib jamlab olamiz. Va yana Да ni bosaveramiz tugamaguncha. Jamlash tugagandan so’ng X-Plore dasturidan chiqib ketamiz. Va telefon orqali Tema papkasiga kiramiz.Keyin File.nth ni qidirib topamiz. Hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz sizni tabriklashim mumkin siz temani o’zingiz tuzoldingiz.

Ushbu amalni X-plore.jar ni o'qiydigan barcha nokia telefonlarida sinab ko'rsangiz bo'ladi. Va albatta ishlaydi.

Hurmatli foydalanuvchilar siz ushbu maqolada yozilgan amallarni bajaraoldingizmi.
Bu haqda biz bilan o'rtoqlashing.
Bu biz va boshqa foydalanuvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Pastda Izoh qoldirish manziliga kirib xabar qoldirishingiz mumkin.




Ushbu maqolani sayt admini Kinguz tayyorladi.
Manba: www.GEGAS.LARK.RU
Maqolani Kinguz tayyorladi.
Bosh sahifa

Облегчить душу

Облегчить душу Форум для общения!
BANS.NAME