...
Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugungi maqolam orqali siz android o'yinlarni xajmini kamaytirishni o'rganib olasiz va mustaqil amalda sinab ham ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Bilamizki android telefonlarga ishlab chiqilgan o'yinlar xajmi har-xil bo'ladi. Masalan: 60 megabayt, yoki 20 megabayt. Hattoki 60 kegabaytli o'yin ham mavjud. Siz yuqori xajmli o'yinlarni megabaytini kamaytirish usulini bilib olasiz. Demak biz "Apk editor .apk" dasturi orqali yuqori xajmdagi android o'yinni sochib olamiz. So'ng sochib olgan o'yinimiz fleshkaga o'yin nomi bo'yicha papka bo'lib joylashadi. "Apk editor .apk" dasturidan chiqib ketamiz va sochilgan o'yin ichiga kiramiz. "res" papkasida yoki "assets" papkasida juda ko'plab .mp3 formatda o'yin musiqalari mavjud. Bu musiqalar xajmi ko'pi bilan 4Megabayt bo'ladi. Biz Kegabaytli musiqalarni joylashtiramiz. Yuqori xajmdagi musiqalarni o'chirib tashlab. E'tiborli bo'ling musiqa joylashtirishda. Musiqa nomi bo'yicha joylashtiring Kegabaytli musiqani. Fotolar ham juda ko'p bo'ladi. O'yinni yaxshilab o'rganib chiqingda, keraksiz fotolarni o'chirib tashlang va nomi bo'yicha kichik xajmda foto joylashtiring. Yana "Apk editor .apk" dasturiga kirib o'yin papkasi ustiga barmog'ingizni uzmay bosib turing va ".zip" formatda jamlab oling. Telefoningiz orqali .zipni .apk qilib o'zgartiring va o'yin xajmini kamaytirganingizga o'zingiz guvoh bo'ling. Hurmatli do'stlar men ham juda ko'p o'yinlar xajmini kamaytirishga erishganman. 7 Megabaytli o'yinni 2.5Megabaytgacha kamaytirganman. Siz ham harakat qilib o'yin xajmini kamaytiring. Bu o'yinga hech qanday zarari yo'q. Faqat siz o'z fantazyangizni ishga solib o'zgartirish kiritishingiz kerak.

Облегчить душу

Облегчить душу Сделай свой сайт!
BANS.NAME