...
Ayni damda dunyodagi eng yetakchi smartfonsozlar “Apple” va “Samsung” ekanligi ma’lum. Xo‘sh, ularning eng so‘nggi flagmanlari – “iPhone X” va “Galaxy S9+” modellarining samaradorligi, amalda ishlash tezligi qay darajada?
“Terabayt” nashrining yozishicha, “Tom’s Guide” sayti sharhlovchilari bu masalaga jiddiy qiziqib qolishdi va yetakchi smartfonlarni “jonli” tarzda, ya’ni amalda ishlatib ko‘rib, tezligini o‘zaro taqqoslashdi.
Avvalo, sintetik testlardagi ko‘rsatkichlarga nazar solsak. Mobil qurilmalarning umumiy samaradorligini baholovchi “Geekbench 4” benchmarkida ko‘p yadroli rejimdagi sinovda “iPhone X” modeli 10357 ball, “Galaxy S9+” esa atigi 8295 ochko olgan. “OpenGL ES 3.0” benchmarkida esa, “Unlimited” rejimida kupertinolik flagman 4994 ball, uning janubiy koreyalik raqibi esa 4634 ball to‘plagan. “Samsung” flagmani faqat “3DMark Sling Shot” testidagina yubiley ayfonidan yuqori ochko olgan: tegishlicha 5793 va 3998 ochko.
Xullas, “Tom’s Guide” testlari natijasi qiziq chiqdi. Ikki daqiqalik videofaylni “Adobe Premiere Clip” yordamida qayta kodlash (perekodirovka) uchun “iPhone X” atigi 42 soniya vaqt sarfladi. “Galaxy S9+”ga esa ayni shu vazifani bajarish uchun 2 daqiqayu 32 soniya kerak bo‘ldi. Shuningdek, “Injustice 2” o‘yinini ochish uchun “Apple” flagmaniga 13 soniya kifoya qildi, “Galaxy S9+” esa bu ishni 20 soniyadagina uddalay oldi.
Bu sinovlarda “iPhone X” yaqindagina taqdim etilgan “Galaxy S9+”ga nisbatan tezroq ishlashi ayon bo‘ldi.

Облегчить душу Сделай свой сайт!
BANS.NAME